“Navoiy Dizayn Plyus” MChJ 2022 yildan tog‘-kon sanoatida ishlatiladigan olovbardosh buyumlar, tigel, kapelya kabi idishlar ishlab chiqarilmoqda. Tuman hokimi ushbu korxonaning ish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishdi. Korxona rahbari N.Xaydarovning takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi.
Tuman hokimi R.Ro‘ziyev Birlik mahalla mutasaddilari va nuroniylari bilan ochiq muloqot qildi. Mahallada olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, erishgan yutuqlar hamda mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni ilmga va Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda nuroniy va keksalarni o‘rni beqiyos ekanligi tuman hokimi tarafidan aytib o‘tildi. Muloqot songida tuman hokimi R.Ro‘ziyev tomonidan mahalladagi bir guruh nuroniylar va mahalla faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tuman Konimex tumani hokimi R.Ro’ziyev, tumanimizda yashovchi nogironligi bo’lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularning muammolari o’ganildi. Muammolarni bartaraf etish, ularning sogʼligidan doimo xabardor bo’lib turish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berilib, tuman hokimi tarafidan nogironligi boʼlgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg’alar tarqatildi. Bunday tadbirlar Konimex tumani mahallalari bo’ylab davom etmoqda.
Konimex tumanida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz birgamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.
Bayram sayilida tumandagi 15 ta MFY lar o’rtasida taomlar festivali bo’lib o’tdi.
Mahallalar tomonidan milliy taomlar pishirildi va hakamlar tomonidan taomlar baxolandi hamda g’oliblar aniqlanib ularga tuman hokimligi tomonidan vaucherlar taqdim etildi.
1-o’rin “Sho’rtepa” MFY jamoasi 20 000 000 so’m
2-o’rin “Navro’z” MFY jamoasi 10 000 000 so’m
3-o’rin “Yangig’azg’on” OFY jamoasi 5 000 000 so’m
🔰Bundan tashqari Birlik , To’qqiztepa va Yuksalish MFY jamolari nominatsiyalar bilan taqdirlandi.
Qolgan mahalla jamoalar ham tuman hokimligi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

#Tayinlov
Tulegenov Medgat Asilbekovich Konimex tuman hokimi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Konimex tuman hokimligi axborot xizmati

#Sayyor_qabul
Bugun Konimex tumani Sho‘rko‘l mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Konimex tuman hokimi R.Ro‘ziyev, Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov, sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Fuqarolarning ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.
https://t.me/konimex_tumani_hokimligi_axborot_xizmati

Joriy yilning 17-noyabr kuni Konimex tuman hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish bo`yicha mas`ul xodim O.Xalikov tomonidan tuman hokimligi xodimlari uchun “Korrupsiyasiz boshqaruv” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida tuman hokimligi xodimlariga davlatimizda korrupsiyaga oid qonunlar hamda qonun osti hujjatlar ijrosi haqida tushunchalar berildi.
Konimex tuman hokimligi axborot xizmati.

Кутубхона миллий мафкурани шакллантириш, жамиятда юқори маънавий қадриятларни қарор топтириш, ёшларда бой маданий меросга ҳурмат, тарихий анъаналарга, Ватанга муҳаббат, шахснинг ижодий ривожланишда ва мустаҳкам оилани шакллантиришда муҳим ўрин тутади.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 7 июндаги “Ўзбекистон Республикаси аҳолисига ахборот кутубхона хизмати кўрсатишни янада такомиллаштириш тўғрисидаги қарорида”ги қарорида ҳар йили 21 май кутубхоначилар куни байрамини нишонлаш белгиланди.
Шу муносабат билан бугун 1-сонли умумтаълим мактабида “Китоб маънавият кўзгуси” номли давра сухбати ўтказилди.
Унда Конимех тумани ҳокими Руслан Рўзиев, туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Э.Исламов, туман Маънавият ва маърифат маркази раҳбари Д.Бердиалиева ҳамда умумтаълим мактабларида фаолият олиб бораётган кутубхоначилар иштирок этдилар.
Туман ҳокими тадбир иштирокчиларини сана муносабати билан муборакбод этиб, китобхонларни китобга жалб қилиш, мутолаа маданиятини мустаҳкамлаш ёш авлодни китоб ўқишга бўлган қизиқишини янада ошириш йўлида куч-ғайрат, шижоаат тилади.
Тадбир сўнггида соҳа ходимлари кўп йиллик ҳалол меҳнати ва ахборот-кутубхона соҳасини ривожлантиришга қўшгаётган ҳиссаси учун туман ҳокимининг ташшаккурнома ва эсталик совғалари билан тақдирланди.
