May 10, 2024

Aholini ro‘yxatga olishda shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish

Aholini ro‘yxatga olishda shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish

Mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘la va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 16 martdagi «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘RQ- 611-sonli qonuni qabul qilindi.
Qonunning asosiy maqsadi aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Qonun 5 bob 31 moddadan iborat bo‘lib, Qonunning 23-moddasi bevosita Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibini belgilaydi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog‘ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so‘rovini o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Respondentlar so‘rovi davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar ona tilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqot tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin.
Ro‘yxatga olish varaqlari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi.
Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati ichida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ular uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi.
Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish dasturida nazarda tutilmagan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish taqiqlanadi.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: