Dekabr 29, 2023


Dekabr 27, 2023

174-5-70-Q_23

Dekabr 16, 2021


Oktabr 28, 2021

74-5-70-Q/21

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini 2022 yil uchun band qilib qo‘yish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 24 maydagi PQ-3001 sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-Q sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan 2022 yil uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,25-moddalariga asosan

Q A R O R    Q I L A M A N:

1. O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning o‘rtacha soni 20 nafardan ko‘pni tashkil etadigan korxona, tashkilot va muassasalarda 2022 yil uchun 10 foizgacha miqdorida jami133 ta (10 %) kvota ish o‘rinlari, jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onalar va ko‘p bolali oilalar uchun 11,2 foiz(15 kishi);

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari uchun 55,6 foiz

(74 kishi);

safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar uchun 10,5 foiz (14kishi);

nogironlar uchun 10,5 foiz (14 kishi);

pensiyaoldi yoshdagi shaxslar uchun 3,7foiz (5 kishi);

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar uchun 2,2 foiz (3 kishi);

odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 0,75foiz (1 kishi);

og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlar uchun 4,5 foiz (6 kishi);

miqdorida ish o‘rinlari zaxirasi belgilansin va tumandagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kesimida ilovadagi jadval asosida tasdiqlansin.

2. Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:

ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining ko‘rsatib o‘tilgan miqdorini Vazirlar Mahkamasining 2017 yil

5 dekabrdagi 965-Q sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qo‘yilishini) ta’minlash;

ish joylari sanitariya gigiena normalariga va xodim o‘z mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini ta’minlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan ta’minlash uchun 2021 yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2022 yilning 10 apreldan kechikmay ish joylarining qolgan qismi

75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qo‘yish) to‘g‘risidagi, ya’ni har bir kvota toifasi bo‘yicha ish o‘rinlari band qilib qo‘yiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi ma’lumotlarni va buyruq nusxalarini Konimex tumani Bandlikka ko‘maklashish markaziga taqdim etish topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

4. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-Q sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 21-bandi, 2-qismiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish bo‘yicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani to‘laganlik tashkilotni band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.

5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-Q sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ushbu ish o‘rinlaridan ortiq tashkil etishga sarflangan mablag‘larning bir qismini Konimex tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.

6. Tashkilotlar har oyda hisobot oyidan keyingi oyning

5 kunigacha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga Nizomning

5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida axborot taqdim etadi.

7. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi besh kun muddatda ushbu qarorning ilovasida ko‘rsatilgan tashkilotlar rahbarlarining e’tiboriga etkazsin va ushbu qaror bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.

8. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tuman hokimining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish ta’minlansin.

9. Konimex tumani Aholi Bandligiga ko‘maklashish markazi ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonidan ortiq ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiyalar ajratilishi ta’minlansin.

10. Ushbu qarorning rasmiy nashrda e’lon qilinishi hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlash tuman hokimligi axborot xizmati rahbari O.Jangirov zimmasiga yuklatilsin.

11. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan etiboran, tuman hokimining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2021 yilda ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi 480-Q sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining

birinchi o‘rinbosari U.Elmuratov zimmasiga yuklatilsin.

13. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 Tuman hokimi                                                M.Egamkulov

Туман ҳокимининг
“____” __________ 2017 йилдаги
______ Қ-сонли қарорига
Конимех тумани ҳудудида  жойлашган корхона ташкилотлар томонидан Ижтиоий муҳофазага муҳтож ва 1-илова
  иш топишда қийналаётган  шахсларни ишга жойлаштириш учун иш ўринларини банд қилиб қўйиш топшириғи
Конимех туман хокимининг
“_____” __________ 2021 йилдаги
____________ – сонли қарорига
1-илова
“Ижтимоий муҳофазага муҳтож, иш топишда қийналаётган ва меҳнат бозорида тенг шартларда рақобатлаша олмайдиган шахсларни ишга жойлаштириш учун 2022 йилда иш ўринларининг энг кам сонини белгилаш ва захирага қўйиш тўғрисида”
т\р Корхона ташкилотлар номи Ишловчилар сони Банд килинадиган иш ўринлари жами: шу жумладан: ижтимоий муҳофазага муҳтож, иш топишда қийналаётган ва меҳнат бозорида тенг шартларда рақобатлаша олмайдиган бошқа тоифалари
ногиронлар учун ўн тўрт ёшгача ва ногирон болалари бўлган ёлғиз ва кўп болали ота-оналар умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларини тамомлаган ёшлар, шунингдек, олий таълим муассасаларининг давлат грантлари бўйича таълим олган битирувчилари учун сафарбарлик чақируви захирасида хизматни ўтаган ва Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари сафларидан муддатли ҳарбий хизматдан бўшатилган шахслар учун ногиронлар ва пенсияолди ёшидаги шахслар учун жазони ижро этиш муассасаларидан озод қилинган ёки суднинг қарорига кўра тиббий тусдаги мажбурлов чоралари қўлланилишидан озод қилинган шахслар учун одам савдоси қурбонлари учун
оғир турмушдаги хотин-қизлар учун
Ишловчилар сони 100 ва ундан ортиқ кишини ташкил қиладиган корхона ташкилотлар:
1 НКМКга карашли РУ-5 Кон бошкармаси 3000 30 3 20 7 0 150
НКМК жамгармаси ДМ Зафаробод худудий бошкармаси 510 6 1 1 2 1 25,5 33
2 “QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ 1200 10 2 3 3 1 1 60 0
3 Конимех тумани Тиббиёт бирлашмаси 609 16 4 8 1 1 1 1 30,45 0
Иссиклик Манбай ДУК Конимех тумани филиали 136 4 1 1 1 1 6,8 0
4 Конимех тумани Ободонлаштириш бошқармаси 170 5 1 1 1 1 1 8,5 0
5 Конимех тумани Йўллардан фойдаланиш Давлат унитар корхонаси 156 1 1 7,8 0
Жами: 5781 72 3 12 35 14 2 1 1 3
Ишловчилар сони 20 кишигача ва 100 та кишигача бўлган корхона ташкилотлар:
6 KASB-HUNAR MAKTABI 65 2 1 1
7 Конимех тумани Давлат Ўрмон хўжалиги 74 2 2 0 3,7 0
8 Конимех туман Хокимлиги 34 1 1 1,7 0
9 Конимех тумани ДСЭНМ 38 2 1 1,9 1
10 Маданият бўлими 44 1 1 2,2 0
11 4-сон Болалар ва мусиқа саънат мактаби 58 2 1 1 2,9 0
12 Ветеринария булими 25 1 1 1,25 0
13 Халқ таълим бўлими 46 1 1 2,3 0
BARKAMOL AVLOD BOLALAR MAKTABI 22 1 1 1,1
14 №1 мактаб ИДУМ 48 1 1 2,4 0
15 №2 мактаб 123 4 4 6,15 0
16 №4 мактаб 25 1 1 1,25 0
17 №5 мактаб 40 2 1 1 2 0
18 №9 мактаб 50 2 1 1 2,5 0
19 №10 мактаб 51 1 1 2,55 0
20 №12 мактаб 46 1 1 2,3 0
21 №13 мактаб 20 1 1 1 0
22 №14 мактаб 34 1 1 1,7 0
23 №15 мактаб 33 1 1 1,65 0
24 №16 мактаб 120 2 1 1 6 0
25 №17 мактаб 20 1 1 1 0
26 №18 мактаб 30 1 1 1,5 0
27 №19 мактаб 37 1 1 1,85 0
28 №20 мактаб 47 1 1 2,35 0
29 №23 мактаб 31 1 1 1,55 0
30 №24 мактаб 33 1 1 1,65 0
31 №25 мактаб 36 2 1 1 1,8 0
32 №26 мактаб 44 2 1 1 2,2 0
33 №28 мактаб 79 3 1 1 1 3,95 0
34 №29 мактаб 51 3 1 2 2,55 0
35 №32 мактаб 29 1 1 1,45 0
36 №35 мактаб 24 1 1 1,2 0
37 №36 мактаб 38 1 1 1,9 0
38 №37 мактаб 49 1 1 2,45 0
MAKTABGACHA TA’LIM BO’LIMI 22 1 1 1,1 0
39 2-сонли “Олтин калит” МТТ 83 1 1 4,15 0
40 3-сонли “Салтанат” МТТ 36 1 1 1,8 0
41 4-сонли “Гулсезим” МТТ 21 1 1 1,05 0
6-сонли “Камалак” МТТ 21 1 1
7-сонли “Камалак” МТТ 20 1 1
42 8-сонли “Парвоз” МТТ 37 1 1 1 1,85 -1
43 9-сонли “Булдиршин” МТТ 35 1 1 1,75 0
12-сонли “Олтиной” МТТ 70 2 1 1
44 13-сонли “Қувонч” МТТ 31 1 1 1,55 0
Жами: 1920 61 11 3 39 0 3 2 0 3
Ҳаммаси: 7701 133 14 15 74 14 5 3 1 6
Конимех туман Аҳоли Бандлигига кумаклашиш маркази директори М.Рахманов
Бажарди: А.Абдуллаев
74
10,52631579 11,27819549 55,63909774 10,52631579 3,759398496 2,255639098 0,751879699 4,511278195

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: