Konimex tumanidagi sayyohlar tashrif buyiradigan manzillar

Konimex tumani Vatanimiz tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan bo‘lib, uning muqaddas zaminida nomlari mashhur ne-ne aziz avliyolar, valiylar, olimu-fozillar, piru murshidlar yashab o‘tgan. Ammo shu narsani alohida e’tirof etib o‘tish joizki, tumandagi juda ko‘plab muqaddas qadamjolarning tarixi haqida ilmiy adabiyotlar va manbalarda zarur ma’lumotlar kam uchraydi.

"Qilich Ota" maqbarasi

Shunga qaramasdan davlatimiz tomonidan milliy-diniy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni, ko‘hna va muqaddas tariximizni qayta yuzaga chiqarish maqsadida olib borilgan sa’yi harakatlar natijasida ushbu zaminda yashab o‘tgan va yurt ravnaqiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan buyuk zotlarning nomlari qayta tiklandi.

Ushbu zaminda buyuk zotlar izidan borib, o‘zining butun umrini ilmga, madaniy-ma’naviy hayotga baxshida etgan ulug‘ zotlar borki, bugungi kunda ular xalqimizning faxriga aylandilar. Ana shunday zotlardan biri Yassaviya tariqati piri Qilich ota tasavvufning ilmu hikmat donishlaridan bo‘lib, ulug‘lar da’vati bilan islom tarbiyachisi sifatida bu yerlarni makon tutgan va shu yerda vafot etgan. Bu zot shijoatlari “qilichdek keskir” valiy, ya’ni “Qilich” nisbasini olgan Yassaviya tariqati pirlaridandir. “Ota” – Yassaviya tariqatiga ko‘ra turkona “shayx” ma’nosini beradi. Hazrati Qilich ota pir va ruhoniy tarbiyachi bo‘lib muridlarining ixlos va hurmatini qozongan.

Jumladan, Konimex tumanida Qilich ota nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh bo‘lib, mahalliy aholining fikricha, Qilich otaning qabri Sho‘rko‘ldagi Yangiobod qishlog‘idadir. Bu zot xususida mahalliy o‘lkashunoslar tomonidan to‘plangan dalillarga ko‘ra, ismlari “Sayyid Burhoniddin” deb ko‘rsatiladi. Sayyid avlodidan bo‘lganligi va hazrati Abu Siddiq sharajasiga mansubligi ham qayd etiladi. Otasining ismi Kamoliddin bo‘lib, uning asli bag‘dodlik bo‘lgan deb taxminlanadi. U zot mahalliy beklardan Ilgim A’zamning qiziga uylanib bu nikohdan Sayyid Burhoniddin tug‘ilgan ekanlar. Bu voqealar XII asrga nisbat beriladi. Sayyid Burhoniddin xotinlari bilan namoz o‘qib turgan paytda, hozirgi qabri o‘rnida shahid bo‘lganligi rivoyat qilinadi. Ul zotning karomatlari, hollari xususida og‘zaki bayonlar mahalliy aholi o‘rtasida mashhur bo‘lib ketgan.

Ayrim manbalarda, jumladan Alisher Navoiyning “Nasoyim ul muhabbat” asarida Qilich ota xususida: “azim qurbatlig‘ kishi ekandur va sayyoflik (qilichbozlik) san’atiga mashg‘ul ekandir”, deyiladi. Sho‘rko‘lning Yangiobod qishlog‘idagi Qilich otaning qabri deb taxminlanayotgan ziyoratgohdagi qabrning boshiga qo‘yilgan toshdagi ma’lumotnoma va Qur’oni Karim suralaridan keltirilgan yozuvlar uzoq yillar ta’sirida o‘qib bo‘lmas darajada xiralashib qolgan. Mahalliy aholi maqbara yaqinidan chiqadigan yer osti suvini ushbu qabrtoshi ustidan quyib o‘ziga Allohdan shifo tilab ichadi. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borish ul zot ta’limotining asosiy g‘oyalari hisoblangan. Sho‘rko‘l qishlog‘ida yashovchi Umurqul Jo‘raqulovni xotirlashicha, B.Ro‘ziev Konimex tumani hokimi vazifasiga kelganidan so‘ng tuman hududini ko‘zdan kechirib yurganda, hazrati Qilich otaning tashlandiq qabr joylariga duch keladi va xalqning ko‘magida obodonlashtirish ishlarini boshlaydi. Ramziy qabr o‘rnatish maqsadida tavakkal bilan kavlangan joy, xudoning inoyati bilan avliyoning qabr o‘rnilariga to‘g‘ri keldi.

Ana shu odam suyagi topilgan joy qabr o‘rni sifatida tanlanib, hazrati Qilich ota maqbarasi bunyod etilishi boshlanadi.

Ekoturizm markazi bir vaqtning o'zida ikki ming nafardan ortiq mijozlarni qabul qilish imkoniyatiga ega

arkazida o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq milliy taomlari tayyorlanadi. Shuningdek, o‘ziga xos orolcha bo‘lib, bu yerda mahalliy va xorijlik turistlar o‘zlari istagan baliqni tutib, pishirgan holda iste’mol qilishlari mumkin. Musiqali favvora, bolalar atraksionlari, qozoq millatiga xos o‘ndan ortiq o‘tovlar, shifobaxsh tuya suti, sport maydonchasi, madaniy xordiq uchun amfiteatr, xullas bu kabi zamonaviy qulay imkoniyatlar tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Hozirda yigirma nafardan ortiq mahalliy yoshlar bandligi ta’minlandi.

Turizm komleksining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi K.Tursunov, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bir guruh xorijiy mehmonlar ishtirok etdi.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: