Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish

Natijani olish usullari:

Shaxsan tashrif buyurish orqali. Bir vaqtning o’zida taqdim etiladigan hujjatlarning nusxalari foydalanuvchining Yagona portaldagi kabinetiga va uning elektron pochtasiga yuboriladi.

Xizmat natijasi:

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo’jaligini davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvoxnomani, “ro’yxatga olindi” degan yozuv aks ettirilgan ta’sis hujjatlarini, ro’yxatga oluvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan muxr va shtamplarning xomaki nusxalarini olish.

Rad etish sabablari:

  • Xizmatning reglamenti bilan belgilangan hujjatlarni taqdim etmaslik;
  • Haqiqiy bo’lmagan hujjatlarni taqdim etish;
  • Arizada haqoratomuz, tahqirlovchi so’z va iboralarni ishlatish, reklama matnlarining mavjudligi;
  • Qonunga zid bo’lgan istalgan boshqa hatti-harakati.

Shikoyat arizasi berish tartibi:

Rad etish hollarida arizachi yuqori turuvchi tashkilotga qonunda ko’rsatilgan tartibda murojaat etishi mumkin.

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar:

  • 3×4 hajmdagi fotosurat;
  • Ariza beruvchining pasporti skaner nusxasi;
  • Bank to’lov hujjatini skaner nusxasi (davlat bojini to`laganligi haqidagi kvitansiya);
  • Muhr va shtamp chizmalarini skaner nusxasi;
  • Dehqon xo’jaligi uchun yer ajratish to’g’risida Xokim qarorini skaner nusxasi.

Xizmat narxi va to`lash tartibi:

1 minimal ish haqi miqdorida.

Xizmatni ko`rsatish muddati:

2 ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatda.

Xizmat haqida:

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo’jaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish. Arizani Elektron raqamli imzo bilan va imzosiz yuborish mumkin.

Xizmatning sohaga tegishliligi:

Tadbirkorlik faoliyati.

Xizmatdan foydalanuvchining toifasi:

Jismoniy shaxslar.

Tashkilot:

Konimex tuman hokimligi.

Bog`lanish:

Konimex tuman hokimligi

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: