Dekabr 11, 2023

O`zbekiston fermer, dehqon xo`jalikari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joriy etilgan “Ilg`or fermer” ko`krak nishoni bilan “Sho`rko`l-Oqtepa” fermer xo`jaligi rahbari Jo`raqulov Farxod Qodirovich, “Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni bilan Yuksalish mahallasidan Namuratova Paraxat, To`qqiztepa mahallasidan Sadikov Ro`zi, Navro`z mahallasidan Ruzimuratov Quzimurat, Sho`rtepa  mahallasidan Tillayev Aymurat Muratovichlarga Konimex tuman hokimi R.Ro`ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Dekabr 11, 2023

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

 

  1. Tumanda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari to‘g‘risida.
  1. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  2. Tuman Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  3. “Navoiy suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  4. Tuman Favqulotda vaziyatlar bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  5. Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  1. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  2. Tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan 2023 yilning o‘tgan davri hamda 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
  3. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risida.
  4. Mahalla xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
  5. Boshqa masalalar.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni tumanda 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan Yo‘l xaritasining dekabr oyidagi ijrosi to‘g‘risida

 

Sessiya yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar munosabat bildirishib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Dekabr 7, 2023

#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz

9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tuman Adliya bo‘limi tomonidan Konimex tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida   “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Dekabr 7, 2023

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, bаrqаrоr taraqqiyot vа fаrоvon hayot asosi!”

⚡️Konimex tumanida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, davlat mukofoti sohiblari, deputatlar, mahalla faollari hamda korxona-tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirni tuman hokimi R.Ro’ziyev ochib berib barchani bugungi “Konstitutsiya – xalqchil davlat, bаrqаrоr taraqqiyot vа fаrоvon hayot asosi!” shiori ostida o’tkazilayotgan bayram bilan tabrikladi.

Shu qatorda tuman hokimi va tuman sektor rahbarlari tomonidan 16 yoshga to’lgan  O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID kartalar topshirildi.

Tadbirda tumandagi iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Dekabr 5, 2023

“Navoiy Dizayn Plyus” MChJ 2022 yildan tog‘-kon sanoatida ishlatiladigan  olovbardosh buyumlar, tigel, kapelya kabi idishlar ishlab chiqarilmoqda. Tuman hokimi ushbu korxonaning ish jarayoni, yaratilgan ish o‘rinlari bilan tanishdi. Korxona rahbari N.Xaydarovning takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi.

Dekabr 5, 2023

 

Tuman hokimi R.Ro‘ziyev Birlik mahalla mutasaddilari va nuroniylari bilan ochiq muloqot qildi. Mahallada olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, erishgan yutuqlar hamda mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni ilmga va Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda nuroniy va keksalarni o‘rni beqiyos ekanligi tuman hokimi tarafidan aytib o‘tildi. Muloqot songida tuman hokimi R.Ro‘ziyev tomonidan mahalladagi bir guruh nuroniylar va mahalla faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Dekabr 4, 2023

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tuman Konimex tumani hokimi R.Ro’ziyev, tumanimizda yashovchi nogironligi bo’lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularning muammolari o’ganildi. Muammolarni bartaraf etish, ularning sogʼligidan doimo xabardor bo’lib turish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berilib, tuman hokimi tarafidan nogironligi boʼlgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg’alar tarqatildi. Bunday tadbirlar Konimex tumani mahallalari bo’ylab davom etmoqda.

Dekabr 4, 2023

Konimex tumanida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz birgamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Bayram sayilida tumandagi 15 ta MFY lar o’rtasida taomlar festivali bo’lib o’tdi.

Mahallalar tomonidan milliy taomlar pishirildi va hakamlar tomonidan taomlar baxolandi hamda g’oliblar aniqlanib ularga tuman hokimligi tomonidan vaucherlar taqdim etildi.

1-o’rin “Sho’rtepa” MFY jamoasi 20 000 000 so’m

2-o’rin “Navro’z” MFY jamoasi 10 000 000 so’m

3-o’rin “Yangig’azg’on” OFY jamoasi 5 000 000 so’m

?Bundan tashqari Birlik , To’qqiztepa va Yuksalish MFY jamolari nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Qolgan mahalla jamoalar ham tuman hokimligi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Noyabr 17, 2023

#Tayinlov

Tulegenov Medgat Asilbekovich Konimex tuman hokimi yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

Konimex tuman hokimligi axborot xizmati

Noyabr 17, 2023

#Sayyor_qabul

Bugun Konimex tumani Sho‘rko‘l mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Konimex tuman hokimi R.Ro‘ziyev, Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov, sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Fuqarolarning ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

 

 

https://t.me/konimex_tumani_hokimligi_axborot_xizmati

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: