Yanvar 18, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-57-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  769-sonli qarorlari va Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi 1-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi Konimex tuman ishchi guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda  ijtimoiy faolligini yanada oshirishga bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Konimex  tumani bo‘yicha 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar 1006 nafarni tashkil qiladi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh va mahallabay xatlov guruhlari tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.

16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay ishlash tizimi orqali xatlovdan o‘tkazish tashkil etilib, 1100 dona savolnomalar hamda 20 dona uslubiy qo‘llanmalar chop ettirildi va xatlov guruhi a’zolariga tarqatildi.

Konimex tumanida 2022-yil 12-yanvardan 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay uylariga kirib xatlovdan o‘tkazish ishlari joriy yilning 12- yanvaridan boshlangan.

Xozirgi kunga qadar jami xatlovdan o‘tgan  593 nafar 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar xatlovdan o‘tkazildi va xatlovdan o‘tkaziladigan 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining 58,94% ni tashkil etmoqda.

https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati

Yanvar 18, 2022

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2021 yil uchun 1-kb (yillik) statistika hisobotini ESTAT 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali
2022- yilning 25- fevralidan (xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar uchun
25- martdan
) kechiktirmay elektron ko‘rinishda taqdim etish belgilangan.

Shu munosabat bilan, 1-kb yillik hisobotini o‘z vaqtida taqdim etishingizni so‘raymiz.

O‘z navbatida hisobot taqdim etish tartibini buzish ma’muriy chora ko’rilishiga sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz.

https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: