Dekabr 11, 2023

O`zbekiston fermer, dehqon xo`jalikari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joriy etilgan “Ilg`or fermer” ko`krak nishoni bilan “Sho`rko`l-Oqtepa” fermer xo`jaligi rahbari Jo`raqulov Farxod Qodirovich, “Namunali tomorqachi” ko`krak nishoni bilan Yuksalish mahallasidan Namuratova Paraxat, To`qqiztepa mahallasidan Sadikov Ro`zi, Navro`z mahallasidan Ruzimuratov Quzimurat, Sho`rtepa  mahallasidan Tillayev Aymurat Muratovichlarga Konimex tuman hokimi R.Ro`ziyev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Dekabr 4, 2023

3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tuman Konimex tumani hokimi R.Ro’ziyev, tumanimizda yashovchi nogironligi bo’lgan fuqarolarning holidan xabar olib, ularning muammolari o’ganildi. Muammolarni bartaraf etish, ularning sogʼligidan doimo xabardor bo’lib turish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berilib, tuman hokimi tarafidan nogironligi boʼlgan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovg’alar tarqatildi. Bunday tadbirlar Konimex tumani mahallalari bo’ylab davom etmoqda.

Noyabr 17, 2023

#Sayyor_qabul

Bugun Konimex tumani Sho‘rko‘l mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Konimex tuman hokimi R.Ro‘ziyev, Xalq qabulxonasi mudiri N.Karimov, sektor rahbarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Fuqarolarning ijtimoiy va maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘rganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari ko‘rildi.

 

 

https://t.me/konimex_tumani_hokimligi_axborot_xizmati

Noyabr 17, 2023

Joriy yilning 17-noyabr kuni Konimex tuman hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish bo`yicha mas`ul xodim O.Xalikov tomonidan tuman hokimligi xodimlari uchun “Korrupsiyasiz boshqaruv” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminar davomida tuman hokimligi xodimlariga davlatimizda korrupsiyaga oid qonunlar hamda qonun osti hujjatlar ijrosi haqida tushunchalar berildi.

Konimex tuman hokimligi axborot xizmati.

 

Noyabr 13, 2023

Aziz shifokorlar, tibbiyot sohasining fidoyilari!
Mamlakatimizda jamiyatimizning barcha javhalari singari tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz salomatligini mustahkamlash, profilaktika, diagnostika va davolash ishlari samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lyapdi. 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” qonunga muvofiq mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida har yili tantanali nishonlanib     kelinadi.
Azaldan o‘zining bilimi, iste’dod va mahorati, ko‘z nuri va butun borlig‘ini insonlar salomatligini saqlashdek zahmatli va ezgu ishga bag‘ishlagan Sizdek sahovatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” – kasb bayramingiz munosabati bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman!
Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Qadrli shifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari!
Kasbingizda sharaf va mas’uliyat birdek ekanligi bois jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rninigizni e’tirof etgan holda, Siz azizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxonlaringizga qut-baraka, el salomatligi yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman!

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!

Iyul 12, 2023

Konimex tumani buyicha 2023 yilda o‘tkazilgan Tashabbusli byudjet dasturi doirasida umumiy qiymati 5.100 mlrd.so‘mlik 6 ta takliflar g‘olib deb topilgan. Jumladan, 1 ta umumta’lim maktabini ta’mirlash, 1 ta ichimlik suvi tizimini yaxshilash, 3 ta sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va 1 ta boshqa ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jixozlash takliflari g‘olib deb topilgan.

Shuningdek, “Mening yo‘lim” loyihasida bildirilgan jamoatchilik fikri asosida qiymati 1631,8 mln.so‘mlik 2 ta takliflar g‘olib deb topilgan.
Bugungi kunda loyiha tashkilotlari aniqlanib, smeta xujjatlari tayyorlanmoqda.

Konimex tumani hokimligi axborot xizmati.
Websayt/Telegram/facebook/instagra (http://konimexrasmiy@gmail.com/)

May 16, 2023

Konimex tumanidagi 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, yozuvchi va dramaturg, adib Mengliboy Muradov xotirasiga bag‘ishlab ijodiyot xonasi tashkil etildi.


Tadbirda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev, viloyat Yozuvchilar uyushmasi rahbari B.Sadriddinov, shoirning yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Bu yerda yozuvchi asarlari, uning shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan kitoblar, surat va portretlar saqlanmoqda.


– Mazkur ijodiyot xonasi tuman hokimi, maktab maʼmuriyati va farzandlari tashabbusi bilan tashkil etildi, – deydi yozuvchining qizi Ro‘zigul Muradova. – Buning uchun otamning barcha yaqinlari nomidan minnatdorlik bildiraman. Ijodiyot xonasi o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan, ularning tarixga, adabiyotga mehrini oshirish, tasavvurlarini boyitish uchun xizmat qiladigan ashyolar bilan to‘ldirib boryapmiz.

Otamning kitobga muhabbati boshqacha edi. Shuning uchun ijodiyot xonasiga kitoblar javonini keltirdik. Bu javonda yozuvchi yaratgan kitoblar, u sevib o‘qigan oʼzbek va jahon adabiyoti durdonalari joylashgan.

Shuningdek, Mengliboy Muradov hayoti va ijodi aks etgan fotosuratlar, asarlari qahramonlarining portretlari ham o‘rin olgan. Oʼzbek adabiyotiga yangicha ruh olib kirgan romanlar, buyuk ajdodlarimiz hayoti va ibratli faoliyatiga oid tarixiy asarlar yaratgan Mengliboy Muradov kitobxonlar qalbida mangu yashaydi.

Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida boshlangan ishlar xayrli bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi.

May 11, 2023

Эндиликда «Обод қишлоқ» ва «Обод маҳалла» дастурлари доирасида молиялаштириладиган тадбирлар 2023 йилдан бошлаб жамоатчилик фикри асосида «Очиқ бюджет» порталида овоз бериш йўли билан аниқланади. Бунда ҳар бир маҳаллада 8 млрд сўмдан ошмаган лойиҳалар пакети шакллантирилади.

3 май куни Вазирлар Маҳкамасининг «Обод қишлоқ» ва «Обод маҳалла» дастурларини жамоатчилик фикри асосида ташаббусли бюджетлаштириш жараёнлари орқали амалга ошириш тартиби тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида»ги қарори (ВМҚ-183-сон) қабул қилинди.

Унга кўра, «Обод қишлоқ» ва «Обод маҳалла» дастурлари доирасида молиялаштириладиган тадбирлар 2023 йилдан бошлаб жамоатчилик фикри асосида «Очиқ бюджет» порталида овоз бериш йўли билан аниқланади.

Ҳар бир маҳаллада умумий қиймати 8 млрд сўмдан ошмаган ҳамда таркибида бир нечта тадбирларни амалга ошириш назарда тутилган лойиҳалар пакети шакллантирилади.

Дастурлар доирасида жамоатчилик фикри асосида тадбирларни шакллантириш ва улар учун овоз бериш жараёни — ҳар йили ноябрь-декабрь ойларида (2023 йил учун, истисно тариқасида, 2023 йил май ойида) ўтказилади.

Жараён 3 та босқичда ташкил этилади:

  • 1-босқичда — порталда лойиҳалар тўплами шакллантирилади;
  • 2-босқичда — шакллантирилган лойиҳалар тўплами саралаб олинади;
  • 3-босқичда — саралаш босқичидан ўтган лойиҳалар тўпламларига овоз берилади.

Ғолиб маҳаллалар (қишлоқлар) овоз бериш жараёни бошланишидан аввал кенг жамоатчиликка эълон қилинган ҳолда қуйидаги усуллардан бири орқали аниқланади:

  • лойиҳалар тўпламига берилган овозлар сонидан келиб чиқиб;
  • аҳолиси сони кам бўлган маҳаллаларга (қишлоқларга) тузатиш коэффициентини қўллаган ҳолда лойиҳалар тўпламига берилган овозлар сонидан келиб чиқиб.

Овоз бериш жараёни якунларига кўра ҳар бир туман (шаҳар) учун жамғармада шакллантирилган маблағлар доирасида энг юқори кўрсаткични эгаллаган лойиҳалар тўплами ғолиб деб топилади.

Бунда лойиҳалар тўплами ғолиб деб топилиши учун камида 100 та овоз тўплаши лозим.

Овоз бериш якунлангандан сўнг 3 кунда ғолиб деб топилган лойиҳалар тўпламини амалга ошириш бўйича манзилли рўйхат шакллантирилади ҳамда жамғарма маблағларидан фойдаланиш бўйича туман (шаҳар) сахсус комиссиясининг тегишли қарори қабул қилинади.

Туман (шаҳар) ҳокимлиги томонидан 3 кунда лойиҳалар учун манзилли рўйхатда назарда тутилган маблағлар ўтказиб берилади.

Ҳар йил якунлари бўйича жамоатчилик фикри асосида лойиҳаларни шакллантириш билан боғлиқ жараёнларда фаол иштирок этган фуқаролар рағбатлантириб борилади.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: