Noyabr 13, 2023

Konimex tuman hokimi R.Ro‘ziyevning “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram T A B R I G I

Aziz shifokorlar, tibbiyot sohasining fidoyilari!
Mamlakatimizda jamiyatimizning barcha javhalari singari tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz salomatligini mustahkamlash, profilaktika, diagnostika va davolash ishlari samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lyapdi. 2006 yil 12 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tibbiyot xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” qonunga muvofiq mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi shifokorlarning kasb bayrami kuni sifatida har yili tantanali nishonlanib     kelinadi.
Azaldan o‘zining bilimi, iste’dod va mahorati, ko‘z nuri va butun borlig‘ini insonlar salomatligini saqlashdek zahmatli va ezgu ishga bag‘ishlagan Sizdek sahovatli kasb egalarini “Tibbiyot xodimlari kuni” – kasb bayramingiz munosabati bilan chin dildan, samimiy muborakbod etaman!
Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Qadrli shifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari!
Kasbingizda sharaf va mas’uliyat birdek ekanligi bois jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rninigizni e’tirof etgan holda, Siz azizlarni “Tibbiyot xodimlari kuni” bayrami bilan yana bir bor muborakbod etib, mehnat jamoalaringiz va xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, dasturxonlaringizga qut-baraka, el salomatligi yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda kuch va shijoat tilayman!

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: