Konimex tuman hokimligi tomonidan 2024-yil I-chorak davomida amalaga oshirilgan xaridlar to`g`risida
MA`LUMOT
T/R | STIR | MAHSULOT TURI | SHARTNOMA RAQAMI | SHARTNOMA TUZILGAN SANA | SUMMA | LOT RAQAMI |
1 | 307387233
|
Услуга по обучению на коррективных курсах, предоставляемые учебными центрами |
2017520 | 15.01.2024 | 1 443 000
|
241110082325421 |
2 | 308067400 | Папка | 2026867 | 20.01.2024 | 284 000 | 241110082342050 |
3 | 305895505
|
Жалюзи оконные |
2050709 | 02.02.2024 | 552 188
|
241110082370477 |
4 | 309208484
|
Канцелярский набор (настольный органайзер) |
2089366 | 19.02.2024 | 625 000
|
241110082417932 |
5 | 303055063
|
Канцелярский набор (настольный органайзер) |
2089368 | 19.02.2024 | 1252160 | 241110082417936 |
6 | 310823806 | Ежедневник | 2089405 | 19.02.2024 | 840 000 | 241110082417959 |
7 | 308067400
|
Бумага для офисной техники белая |
2089458 | 19.02.2024 | 1 930 000
|
241110082417986 |
8 | 303055063 | Урна | 2089677 | 19.02.2024 | 310 800 | 241110082418142 |
9 | 308502373 | Урна | 2089683 | 19.02.2024 | 850 000 | 241110082418150 |
10 | 308067400 | Маркер | 2089757 | 19.02.2024 | 179 000 | 241110082418191 |
11 | 310952718
|
Услуга по текущему ремонту транспортных средств |
2093575 | 22.02.2024 | 5 250 000
|
241110082422331 |
12 | 310952718
|
Услуга по текущему ремонту транспортных средств |
2093578 | 22.02.2024 | 6 950 000
|
241110082422335 |
13 | 310823806 | Часы | 2103880 | 26.02.2024 | 548 000 | 241110082435280 |
14 | 310823806 | Веник | 2103934 | 26.02.2024 | 230 000 | 241110082435328 |
15 | 516010070
|
Лампа светодиодная |
2103998 | 26.02.2024 | 424 400
|
241110082435348 |
16 | 305646687
|
Прожектор LED |
2104816 | 26.02.2024 | 660 000
|
241110082435910 |
17 | 310171638
|
Кулер для питьевой воды |
2110216 | 29.02.2024 | 1 199 888
|
241110082442000 |
18 | 310952718
|
Услуга по текущему ремонту транспортных средств |
2138620 | 15.03.2024 | 4 700 000
|
241110082474972 |
Договор_№2138620_национальный_магазин
Договор_№2110216_электронный_магазин
Договор_№2104816_электронный_магазин
Договор_№2103998_электронный_магазин
Договор_№2103934_электронный_магазин
Договор_№2103880_электронный_магазин
Договор_№2093578_национальный_магазин
Договор_№2093575_национальный_магазин
Договор_№2089757_электронный_магазин
Договор_№2089683_электронный_магазин
Договор_№2089677_электронный_магазин
Договор_№2089458_электронный_магазин
Договор_№2089405_электронный_магазин
Договор_№2089368_электронный_магазин
Договор_№2089366_электронный_магазин
Договор_№2050709_электронный_магазин
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yildagi I-mavsumi g’olib loyihalar e’lon qilindi. Unga ko’ra tumandan 13 ta loyiha g’olib deb topildi.
- https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/bce9cf93-8f38-4ec5-a7be-048410403ac6
2. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/c9f4b58a-6a34-409c-84be-f190a00126e2
3. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/54ea0247-4935-46d7-9e36-9b57b4aec861
4. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/9a5164e8-4879-460c-824c-ab07bafd60bc
5. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/26d76662-e962-491e-af90-cf1e93178197
6. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/fd1dc6bc-2a89-4a0f-9190-a8ff7c8915ae
7. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/32f044b6-deca-4a00-9c09-28a72c518bf0
8 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/4e893a4c-8fd2-46ec-9f7f-3b2af9b8471a
9. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/5deaf115-1dae-4892-b2a8-37b43de299ff
10. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/7a3cf890-d5f1-4160-a532-06a953dbd9be
11. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/1ea2d139-aed3-43e9-a09a-63604bc37d37
12. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/08808128-56c5-4cfb-a68c-5bbfec255bb9
13. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/8afe0e95-d03a-4acd-8fb2-1bf22ecdc9fa
Assalamu alaykum aziz yurtdoshlar,
Qadrli tumandoshlar!
Muqaddas dinimizning insonparvarlik, mehr-muruvvat va ezgulik kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon boʻladigan Ramazon hayit bilan tumanimizdagi barcha moʻmin-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy muborak bod etaman.
Bugun yurtimizda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish hamda yosh avlodni insonparvarlik g‘oyalari, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muborak Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi oliyjanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
Tumanimizda ham Ramazon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va ko‘p farzandli oilalar, yolg‘iz keksalar, muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi, iftorlik dasturxonlari yozilib, saxovat amallari ko‘rsatildi.
Muhtaram yurtboshimiz tomonidan ham Ramazon oyini har yili ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh va tayyorgarlik, katta xursandchilik, shodu hurramlik bilan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aziz konimexliklar, Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor, samimiy tabriklayman!
Ruslan Ro`ziyev,
Konimex tuman hokimi
Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanyapti. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Yo‘l xaritasida 2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirishi belgilab berildi.
Jumladan:
- aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
- 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
- xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;
- «STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
- aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.
Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalar 2026−2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi belgilangan.
2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, 2024 yilning yanvar-mart oylarida rasmiy veb-saytlarda aholini ro‘yxatga olishga oid 20 dan ortiq maqolalar va tezislar joylashtirildi, mahalliy gazetalarda 2 ta maqola chop etildi, viloyat hududida joylashgan oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida hamda kasb-hunar maktablarida aholini ro‘yxatga olishga oid masalalariga bag‘ishlangan 19 marotaba davra suhbatlari o‘tkazildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini to‘g‘ri tuzilishi aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning raqamlanganligiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda, bugungi kunda viloyatimiz hududida mahalla va kadastr organlari bilan hamkorlikda, 2011 yil 12 oktyabrdagi O‘RQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, ko‘chalarga berilgan nom belgilari hamda xonadonlarga berilgan raqam belgilarining o‘rnatilganligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda monitoringgi statistika organlari xodimlari tomonidan doimiy yuritib borilmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ko‘chalar hamda xonadonlarning nomlari yoki raqam belgilarining mavjud emaslik holatlari aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ro‘yxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni to‘g‘ri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shuningdek, xonadonlarni to‘liq raqamlash tez yordam, yong‘inga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar bazasi hajmining kattaligi sababli, uning natijalarini jadval ko‘rinishida shakllantirishda STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq chiquvchi jadvallar mazkur dastur yordamida tayyorlandi. Ushbu dastur asosan statistik tahlil qiluvchi dastur bo‘lib, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda qulay, tezkor va tahlillarni jadval, reyting va grafik ko‘rinishda taqdim eta oladi.