O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida, ma’muriy-hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilash bo‘yicha “Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi”Konimex tuman filiali boshlig‘i Z.Karimov va O`zbekiston mahallalar uyushmasiKonimex tumanbo‘limi boshlig‘i S.Risbekovlar axborotlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasinig “Mahaliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6 va 24- moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi,
Q A R O R Q I L A D I:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida, ma’muriy-hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
- Navoiy viloyati Konimex tumanining ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha “Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi” Konimex tuman filiali boshlig‘i Karimov va O`zbekiston mahallalar uyushmasiKonimex tumanbo‘limi boshlig‘i S.Risbekovlarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Konimex tuman hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining dastlabki natijalariga ko‘ra umumiy perimetri 1601933,34 metrni, jami yer maydoni 2838784,15 gektarni tashkil qilganligi ma’lumot uchun qabul
Jumladan:
“Birlik” MFYhududiningumumiyperimetri 10807,0 metr, umumiy maydoni 250,32gektar;
“Do’stlik” MFYhududining umumiy perimetri 13958,30 metr, umumiy maydoni 589,24gektar;
“Navro’z” MFYhududining umumiy perimetri 9723,30 metr, umumiy maydoni 282,46 gektar;
“Sho’rtepa” MFY hududining umumiy perimetri 55080,80 metr, umumiy maydoni 6875,80 gektar;
“Guliston” MFY hududining umumiy perimetri 26032,27 metr, umumiy maydoni 1765,0 gektar;
“Yuksalish” MFY hududining umumiy perimetri 53076,10 metr, umumiy maydoni 9826,45gektar;
“To’qqiztepa” MFY hududining umumiy perimetri 35375,94 metr, umumiy maydoni 4338,60 gektar;
“Sho’rko’l” MFY hududining umumiy perimetri 88271,50 metr, umumiy maydoni 3117,0 gektar;
“Zafarabod” MFY hududining umumiy perimetri 88060,10 metr, umumiy maydoni 17323,47 gektar;
“Ko’kcha” MFY hududining umumiy perimetri 13556,24 metr, umumiy maydoni 687,90 gektar;
“Qarak-ata” OFY hududining umumiy perimetri 598518,69metr, umumiy maydoni 1095963,44 gektar;
“Sarjal” OFY hududining umumiy perimetri 317761,24metr,umumiy maydoni 388765,56 gektar;
“Yangiqazg‘an” OFY hududining umumiy perimetri 399102,60 metr, umumiy maydoni 315652,72 gektar;
“Baymurot” OFY hududining umumiy perimetri 254856,60 metr, umumiy maydoni 373021,67 gektar;
“Uchtepa” OFY hududining umumiy perimetri 422549,52 metr, umumiy maydoni 592257,0 gektar;
- 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining chegaralarini belgilanganligi bo‘yicha xaritalari va ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash tavsiaflari tasdiqlansin.
- Mazkur qarorning ijrosini ta’manlash tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Atakulov va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Tulegenovlar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi RO‘ZIYEV RUSLAN NASIROVICH