Sentabr 12, 2024

Konimex tuman hududidagi ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida, ma’muriy-hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilash bo‘yicha “Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi”Konimex tuman filiali boshlig‘i Z.Karimov va O`zbekiston mahallalar uyushmasiKonimex tumanbo‘limi boshlig‘i S.Risbekovlar axborotlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasinig “Mahaliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6 va 24- moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi,

Q A R O R Q I L A D I:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 avgustdagi “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-353-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarorida, ma’muriy-hududiy birlik sifatida qishloqlar va shaharchalar belgilanganligi ijro uchun qabul qilinsin.
  • Navoiy viloyati Konimex tumanining ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari yakuniy natijalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha “Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi” Konimex tuman filiali boshlig‘i Karimov va O`zbekiston mahallalar uyushmasiKonimex tumanbo‘limi boshlig‘i S.Risbekovlarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  1. Konimex tuman hududidagi ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining dastlabki natijalariga ko‘ra umumiy perimetri 1601933,34 metrni, jami yer maydoni 2838784,15 gektarni tashkil qilganligi ma’lumot uchun qabul

Jumladan:

 

“Birlik”   MFYhududiningumumiyperimetri 10807,0  metr,   umumiy   maydoni 250,32gektar;

“Do’stlik” MFYhududining umumiy perimetri 13958,30 metr, umumiy maydoni 589,24gektar;

“Navro’z” MFYhududining umumiy perimetri 9723,30 metr, umumiy maydoni 282,46 gektar;

“Sho’rtepa” MFY hududining umumiy perimetri 55080,80 metr, umumiy maydoni 6875,80 gektar;

“Guliston” MFY hududining umumiy perimetri 26032,27 metr, umumiy maydoni 1765,0 gektar;

“Yuksalish” MFY hududining umumiy perimetri 53076,10 metr, umumiy maydoni 9826,45gektar;

“To’qqiztepa” MFY hududining umumiy perimetri 35375,94 metr, umumiy maydoni 4338,60 gektar;

“Sho’rko’l” MFY hududining umumiy perimetri 88271,50 metr, umumiy maydoni 3117,0 gektar;

“Zafarabod” MFY hududining umumiy perimetri 88060,10 metr, umumiy maydoni 17323,47 gektar;

“Ko’kcha” MFY hududining umumiy perimetri 13556,24 metr, umumiy maydoni 687,90 gektar;

“Qarak-ata” OFY hududining umumiy perimetri 598518,69metr, umumiy maydoni 1095963,44 gektar;

“Sarjal” OFY hududining umumiy perimetri 317761,24metr,umumiy maydoni 388765,56 gektar;

“Yangiqazg‘an” OFY hududining umumiy perimetri 399102,60 metr, umumiy maydoni 315652,72 gektar;

“Baymurot” OFY hududining umumiy perimetri 254856,60 metr, umumiy maydoni 373021,67 gektar;

“Uchtepa” OFY hududining umumiy perimetri 422549,52 metr, umumiy maydoni 592257,0 gektar;

  1. 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarining chegaralarini belgilanganligi bo‘yicha xaritalari va ma’muriy-hududiy chegarasini belgilash tavsiaflari tasdiqlansin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini ta’manlash tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Atakulov va tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Tulegenovlar zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi                                                             RO‘ZIYEV RUSLAN  NASIROVICH

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: