“Konstitutsiya – xalqchil davlat, bаrqаrоr taraqqiyot vа fаrоvon hayot asosi!”
⚡️Konimex tumanida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, davlat mukofoti sohiblari, deputatlar, mahalla faollari hamda korxona-tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi. Tadbirni tuman hokimi R.Ro’ziyev ochib berib barchani bugungi “Konstitutsiya – xalqchil davlat, bаrqаrоr taraqqiyot vа fаrоvon hayot asosi!” shiori ostida o’tkazilayotgan bayram bilan tabrikladi.
Shu qatorda tuman hokimi va tuman sektor rahbarlari tomonidan 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga ID kartalar topshirildi.
Tadbirda tumandagi iqtidorli yoshlar tomonidan tayyorlangan raqs va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.