Aprel 22, 2024

Konimex tuman hokimligi tomonidan 2024-yil I-chorak davomida amalaga oshirilgan xaridlar to`g`risida

MA`LUMOT

T/R STIR MAHSULOT TURI SHARTNOMA RAQAMI SHARTNOMA TUZILGAN SANA SUMMA LOT RAQAMI
1 307387233

 

Услуга по обучению на коррективных курсах,
предоставляемые учебными центрами
2017520 15.01.2024 1 443 000

 

241110082325421
2 308067400 Папка 2026867 20.01.2024 284 000 241110082342050
3 305895505

 

Жалюзи
оконные
2050709 02.02.2024 552 188

 

241110082370477
4 309208484

 

Канцелярский набор (настольный
органайзер)
2089366 19.02.2024 625 000

 

241110082417932
5 303055063

 

Канцелярский набор (настольный
органайзер)
2089368 19.02.2024 1252160 241110082417936
6 310823806 Ежедневник 2089405 19.02.2024 840 000 241110082417959
7 308067400

 

Бумага для офисной
техники белая
2089458 19.02.2024 1 930 000

 

241110082417986
8 303055063 Урна 2089677 19.02.2024 310 800 241110082418142
9 308502373 Урна 2089683 19.02.2024 850 000 241110082418150
10 308067400 Маркер 2089757 19.02.2024 179 000 241110082418191
11 310952718

 

Услуга по текущему ремонту
транспортных средств
2093575 22.02.2024 5 250 000

 

241110082422331
12 310952718

 

Услуга по текущему ремонту
транспортных средств
2093578 22.02.2024 6 950 000

 

241110082422335
13 310823806 Часы 2103880 26.02.2024 548 000 241110082435280
14 310823806 Веник 2103934 26.02.2024 230 000 241110082435328
15 516010070

 

Лампа
светодиодная
2103998 26.02.2024 424 400

 

241110082435348
16 305646687

 

Прожектор
LED
2104816 26.02.2024 660 000

 

241110082435910
17 310171638

 

Кулер для питьевой
воды
2110216 29.02.2024 1 199 888

 

241110082442000
18 310952718

 

Услуга по текущему ремонту
транспортных средств
2138620 15.03.2024 4 700 000

 

241110082474972

Договор_№2138620_национальный_магазин

Договор_№2110216_электронный_магазин

Договор_№2104816_электронный_магазин

Договор_№2103998_электронный_магазин

Договор_№2103934_электронный_магазин

Договор_№2103880_электронный_магазин

Договор_№2093578_национальный_магазин

Договор_№2093575_национальный_магазин

Договор_№2089757_электронный_магазин

Договор_№2089683_электронный_магазин

Договор_№2089677_электронный_магазин

Договор_№2089458_электронный_магазин

Договор_№2089405_электронный_магазин

Договор_№2089368_электронный_магазин

Договор_№2089366_электронный_магазин

Договор_№2050709_электронный_магазин

Договор_№2026867_электронный_магазин

Договор_№2017520_электронный_магазин

Aprel 13, 2024

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2024-yildagi I-mavsumi g’olib loyihalar e’lon qilindi. Unga ko’ra tumandan 13 ta loyiha g’olib deb topildi.

 

  1. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/bce9cf93-8f38-4ec5-a7be-048410403ac6

2. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/c9f4b58a-6a34-409c-84be-f190a00126e2

3. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/54ea0247-4935-46d7-9e36-9b57b4aec861

4. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/9a5164e8-4879-460c-824c-ab07bafd60bc

5. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/26d76662-e962-491e-af90-cf1e93178197

6. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/fd1dc6bc-2a89-4a0f-9190-a8ff7c8915ae

7. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/32f044b6-deca-4a00-9c09-28a72c518bf0

8 https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/4e893a4c-8fd2-46ec-9f7f-3b2af9b8471a

9. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/5deaf115-1dae-4892-b2a8-37b43de299ff

10. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/7a3cf890-d5f1-4160-a532-06a953dbd9be

11. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/1ea2d139-aed3-43e9-a09a-63604bc37d37

12. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/08808128-56c5-4cfb-a68c-5bbfec255bb9

13. https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32/8afe0e95-d03a-4acd-8fb2-1bf22ecdc9fa

Aprel 10, 2024

Assalamu alaykum aziz yurtdoshlar,

Qadrli tumandoshlar!

Muqaddas dinimizning insonparvarlik, mehr-muruvvat va ezgulik kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon boʻladigan Ramazon hayit bilan tumanimizdagi barcha moʻmin-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy muborak bod etaman.

Bugun yurtimizda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berish, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish hamda yosh avlodni insonparvarlik g‘oyalari, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muborak Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizda ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat kabi oliyjanob qadriyatlarni qaror toptirishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Tumanimizda ham Ramazon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va ko‘p farzandli oilalar, yolg‘iz keksalar, muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi, iftorlik dasturxonlari yozilib, saxovat amallari ko‘rsatildi.

Muhtaram yurtboshimiz tomonidan ham Ramazon oyini har yili ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh va tayyorgarlik, katta xursandchilik, shodu hurramlik bilan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Aziz konimexliklar, Barchangizni muqaddas Ramazon hayiti bilan yana bir bor, samimiy tabriklayman!

 

Ruslan Ro`ziyev,

Konimex tuman hokimi

Aprel 9, 2024

Aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish – aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Natijalar hududlarni rivojlantirish, ayollar va bolalar salomatligini saqlash bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun ham axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish 2025-2026 yillarga mo‘ljallanyapti. Bu haqda 2024 yil 4 mart kuni Prezident tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-114-sonli qarori bilan tasdiqlangan rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida Prezident huzuridagi Statistika agentligiga 2025−2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Yo‘l xaritasida 2024 yil davomida agentlik aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini davom ettirishi belgilab berildi.

Jumladan:

  • aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flayer va bukletlar tayyorlash;
  • 2021 yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirish;
  • xalqaro tajriba va ekspertlar tavsiyalari asosida «Aholini ro‘yxatga olish» axborot tizimini takomillashtirish;
  • «STATA» amaliy dasturiy paketi litsenziyasini xarid qilish va unda ro‘yxatga olish natijalarining chiquvchi jadvallari namunalarini shakllantirish;
  • aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.

Aholini ro‘yxatga olish esa 2025−2026 yillarda o‘tkazilishi, natijalar 2026−2027 yillarda tayyorlanishi va e’lon qilinishi belgilangan.

2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, 2024 yilning yanvar-mart oylarida rasmiy veb-saytlarda aholini ro‘yxatga olishga oid 20 dan ortiq maqolalar va tezislar joylashtirildi, mahalliy gazetalarda 2 ta maqola chop etildi, viloyat hududida joylashgan oliy ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida hamda kasb-hunar maktablarida aholini ro‘yxatga olishga oid masalalariga bag‘ishlangan 19 marotaba davra suhbatlari o‘tkazildi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishni xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini to‘g‘ri tuzilishi aholi punktlari xaritalarining aniqligiga va hududlarda aholi yashaydigan turar joylarning raqamlanganligiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda, bugungi kunda viloyatimiz hududida mahalla va kadastr organlari bilan hamkorlikda, 2011 yil 12 oktyabrdagi O‘RQ-303-sonli “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun talablaridan kelib chiqqan holda, ko‘chalarga berilgan nom belgilari hamda xonadonlarga berilgan raqam belgilarining o‘rnatilganligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joylarga chiqqan holda  monitoringgi statistika organlari xodimlari tomonidan doimiy yuritib borilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ko‘chalar hamda xonadonlarning nomlari yoki raqam belgilarining mavjud emaslik holatlari aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ro‘yxatga oluvchi xodimlar uchun xonadonlarni to‘g‘ri topib borishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shuningdek, xonadonlarni to‘liq raqamlash tez yordam, yong‘inga qarshi kurashish, ichki ishlar va shu kabi aholiga xizmat ko‘rsatuvchi organlar faoliyati uchun ham muhim hisoblanadi.

Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlar bazasi hajmining kattaligi sababli, uning natijalarini jadval ko‘rinishida shakllantirishda STATA amaliy dasturiy paketidan foydalanilmoqda. Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq chiquvchi jadvallar mazkur dastur yordamida tayyorlandi. Ushbu dastur asosan statistik tahlil qiluvchi dastur bo‘lib, statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishda qulay, tezkor va tahlillarni jadval, reyting va grafik ko‘rinishda taqdim eta oladi.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: