Dekabr 4, 2023

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz birgamiz” shiori ostida bayram tadbiri

Konimex tumanida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Biz birgamiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil qilindi.

Bayram sayilida tumandagi 15 ta MFY lar o’rtasida taomlar festivali bo’lib o’tdi.

Mahallalar tomonidan milliy taomlar pishirildi va hakamlar tomonidan taomlar baxolandi hamda g’oliblar aniqlanib ularga tuman hokimligi tomonidan vaucherlar taqdim etildi.

1-o’rin “Sho’rtepa” MFY jamoasi 20 000 000 so’m

2-o’rin “Navro’z” MFY jamoasi 10 000 000 so’m

3-o’rin “Yangig’azg’on” OFY jamoasi 5 000 000 so’m

🔰Bundan tashqari Birlik , To’qqiztepa va Yuksalish MFY jamolari nominatsiyalar bilan taqdirlandi.

Qolgan mahalla jamoalar ham tuman hokimligi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: