Oktabr 6, 2021

Qaror ijrosi – amalda: Konimexda “aqlli” hisoblagichlar oʼrnatib boʼlindi

Qaror ijrosi – amalda: Konimexda “aqlli” hisoblagichlar oʼrnatib boʼlindi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentyabrda qabul qilingan “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorida soha xodimlari oldiga isteʼmolchilarga “aqlli” hisoblagichlarni oʼrnatish bilan bogʼliq qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash ishlariga “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali va uning shahar hamda tuman boʼlimlari tomonidan ham masʼuliyat bilan yondoshildi.

Xususan, Konimex tumanida Prezident qarorida koʼrsatilgan 3213 ta hisoblagichlar isteʼmolchilar xonadonlariga belgilangan muddatda, yaʼni joriy yilning 1 oktabrigacha oʼrnatib boʼlindi. Ushbu isteʼmolchilarning sarflagan tabiiy gaz uchun hisob-kitobi bugun toʼliq avtomatlashtirilgan tizim orqali nazorat qilinmoqda.

– “Tumanda tabiiy gaz isteʼmolchilari soni ortgan. Shunday ekan, roʼyxatga yangi qoʼshilgan isteʼmolchilar xonadonlariga ham belgilangan tartibda zamonaviy hisoblagich oʼrnatiladi. Har bir hududda tabiiy gaz sarfi toʼliq yangi tizim orqali nazorat qilinadi. Bu tizim tafovut, yoʼqotishlarning oldini olib, isteʼmolchilarning xavfsizligini ham himoyalaydi”, – deydi tuman gaz taʼminoti boʼlimi bosh muhandisi Muslim Botirov.

Masʼul xodimlar tomonidan hisoblagichlardan foydalanish talablari, shuningdek, tabiiy gaz uchun toʼlovni uydan chiqmagan holda toʼlash haqida ham doimiy tushuntirish ishlari olib boriladi.

“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

 

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: