Avgust 19, 2021

Konimex tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarning Sayyor qabul

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 23-iyul kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan vidiyoselektor yig’ilishining 38-son bayoni                                         4-bandiga hamda O’zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining

2021 yil 6-avgustdagi 17 x/s-son buyrug’iga muvofiq hamda Navoiy viloyati Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasining  2021-yil 10-avgustdagi “Xizmat safariga yuborish” to’g’risidagi  №28-sonli buyrug’iga asosan xududda ijtimoiy soxaga oid kelib tushgan muammolarni aniqlash va o’rganish bo’yicha

Navoiy viloyat Tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i Safarov Otabek Abduxamidovich hamda tuman tibbiyot birlashmasi Ko’p tarmoqli markaziy poliklenika Tibbiy maslahat komissiyasi raisi B.Rustamova ishtirokida 19- avgust aholi bilan sayyor qabul o’tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida 3-nafar nogironligi bo’lgan shaxslarga nogironlar aravachasi, 2-nafariga eshitish moslamasi, 4 -nafariga xassa tayoq, 3- nafariga qo’ltiq tayoq hamda 3 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj yakka yolg’izlarga oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek aholini murojaatlari bo’yicha orderlar, sanatoriyalarga dam olishlari uchun yullanmalar, nogironlikni belgilash bo’yicha murojaatlari o’rganilib tegishli tashkilotlarga, MFY raislariga muammolari hal etilishida amaliy yordam ko’rsatildi.

 

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: