Noyabr 5, 2024

                            

 

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi

“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi

⚡️ Unga ko’ra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.

✅ Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish dasturi hamda tashkiliy qo’mita tasdiqlandi.

🗂 Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:

➖yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O’zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo’nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta’lim va mehnat jamoalarida ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar o’tkazish;

➖so’nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o’rni va rolini yoritish;

➖“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o’tilganligini ochib berish;

➖mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, sog’liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ’ib qilish;

➖“Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida barcha o’quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o’tkazish.

 

❗️Umummilliy Konstitutsiya imtihoni: qatnashchilarning Konstitutsiyani bilish darajasi o’rta hisobda 65 foizni tashkil etdi

🖥 Imtihonda jami 210 720 nafar fuqarolar ishtirok etdi (shundan 40 foizi – erkaklar, 60 foizi – ayollar).

🔰 Ishtirokchilarning:

▫️93 foizini yoshlar tashkil etdi. Toshkent viloyati Yangiyo’l tumanida yashovchi 73 yoshli M.Usmonova eng yoshi katta ishtirokchi bo’ldi;

▫️77 foizi – umumta’lim maktab, o’rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o’quvchilari, 12 foizi – talabalar, 11 foizi – boshqalardan iborat.

❕Respublika bo’yicha barcha ishtirokchilarning o’rtacha ko’rsatkichi 65 foizni tashkil etdi (20 ta savoldan 13 ta to’g’ri javob).

✅ Ishtirokchilarning uchdan bir qismi imtihonda a’lo natijani qayd etdi (17 ta to’g’ri javob). 6 foiz ishtirokchi barcha savolga to’g’ri javob berdi.

📌 Eng yaxshi natijani Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlari qayd etdi (o’rtacha 15 ta to’g’ri javob).

 

Konstitutsiya, qonun va qonunosti hujjatlari normalariga sharh berish amaliyoti mamlakatimizda keng uchramasligiga e’tibor qaratilib, bu ko’p jihatdan normativ-huquqiy hujjatlarga sharh berish uslubiyoti ishlab chiqilmaganligi bilan bog’liq, deb hisoblanadi. Shu sababdan Konstitutsiya, qonun va qonunosti hujjatlari normalariga sharh berish uslubiyotini ishlab chiqish (https://uza.uz/uz/posts/konstituciyaviy-sud-mamlakatdagi-konstituciyaviy-qonuniylikning-holati-togrisidagi-axborotni-korib-chiqdi_545331)bo’yicha mas’ul tashkilotlarga tavsiyalar berildi. (https://uza.uz/uz/posts/konstituciyaviy-sud-mamlakatdagi-konstituciyaviy-qonuniylikning-holati-togrisidagi-axborotni-korib-chiqdi_545331)

Fevral 6, 2023

 

“Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023-yil 1-yanvarga nisbatan 1-fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatiladi.

Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, tadbirkorlar 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar-fevral oylarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovlarini 2023-yil 1-martdan                     1 iyulgacha teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

Tadbirkorlar tomonidan bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan davlat aktivlari bo‘yicha 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar, shu jumladan dastlabki to‘lov to‘lanmaganligi uchun foizlar va penyalar hisoblash 2023-yil 1-aprelgacha to‘xtatib turiladi.

2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar oylarida davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar shartlari havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli bajarilmaganligi uchun tadbirkorlarga jarima va penyalar qo‘llanilmaydi.

Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlarga nisbatan 2023-yil 1-aprelgacha davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi to‘xtatiladi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarga havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida nosoz holga kelgan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), lekin umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi.

 

Konimex tuman adliya bo‘limi

Yanvar 18, 2023

“Одил судловга эришиш имкониятларини янада кенгайтириш ва судлар фаолияти самарадорлигини оширишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ–11-сон, 16.01.2023 й.) қабул қилинди.

Фармон билан 2023 – 2026 йилларга мўлжалланган суд тизимини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқишнинг қисқа муддатли стратегияси тасдиқланди.

Стратегия доирасида судлар фаолиятини тўлиқ рақамлаштириш, сунъий интеллект технологияларини жорий этиш, идоралараро электрон маълумот алмашинувини яхшилаш, суд мажлисларида масофадан туриб иштирок этиш имкониятларини кенгайтириш одил судловни таъминлашнинг вазифаларидан бири этиб белгиланди.

Фармонга кўра, судга ҳурматсизлик қилиш ҳолатларини олдини олишнинг самарали механизмларини ишлаб чиқиш, бунинг учун маъмурий жавобгарлик чораларини кучайтириш ва жиноий жавобгарлик белгилаш чоралари белгиланади.

Қуйидагилар Одил судловни амалга оширишга кўмаклашиш бўйича ихтисослашган прокурорлар корпуси этиб белгиланди:

-Бош прокуратуранинг жиноий, фуқаролик, иқтисодий, маъмурий суд ишларини юритишда прокурор ваколатини таъминлаш бошқармалари;

–        Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳар прокуратураларининг жиноий, фуқаролик, иқтисодий, маъмурий суд ишларини юритишда прокурор ваколатини таъминлаш бўйича тегишли бўлим ва тармоқлари;

-туман (шаҳар) прокурорларининг мазкур йўналишлар бўйича тегишли ўринбосари ва ёрдамчилари.

Ихтисослашган прокурорлар корпуси фаолиятида 2023 йил  1 сентябргача “Судларда прокурор иштироки” ахборот тизими синов тарзида ишга туширилади ҳамда 2024 йилдан амалиётга тўлиқ жорий этилади.

Айрим йўналишларда прокурор назорати қисқартирилади, Бош прокуратура ҳузуридаги ташкилотлар штат бирликлари мақбуллаштирилади ҳамда унинг ҳисобидан Ихтисослашган прокурорлар корпуси штат бирликлари сони кўпайтирилади.

Ихтисослашган прокурорлар корпуси ходимлари суд биноларида ўтиради.

Фармонга кўра, қуйидагилар жорий этилади:

-айрим тоифадаги фуқаролик, иқтисодий ва маъмурий ишларни кўриш ваколати маъмурий органларга ўтказилади;

-айрим тоифадаги жиноят, фуқаролик, иқтисодий ва маъмурий ишлар қуйи инстанция судларининг ўзида якунлаш тартиби белгиланади.

Олий Суд тизимида Суд-ҳуқуқ соҳасидаги қонунчиликни таҳлил қилиш бошқармаси негизида Одил судлов соҳасидаги қонунчиликни таҳлил қилиш департаменти ташкил этилади.

Шунингдек, 2023 – 2026 йилларга мўлжалланган суд тизимининг ахборот сиёсати концепцияси ишлаб чиқилади.

Конимех туман адлия бўлими.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: