IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI
Konimex tuman hokimligi Ramazon oyi munosabati bilan tumanimizdagi Sharaf restaurantda 200 ga yaqin ro‘zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.
Unda tuman hokimi R.Ro‘ziyev, sektor rahbarlari, nuroniylar hamda ro‘zador fuqarolar ishtirok etdi. Iftorlikda o‘tganlarning xotirasi yodga olinib, Qur’on tilovat qilindi.
Iftorlikda ishtirok etganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga baraka, dehqonchiligimizga mo‘l hosil tilab duo qilishdi.
Konimex tumani hokimligi
Axborot xizmati