Konimex tumani hokimi R.Ro‘ziyev va tuman prokurori E.Djabbarov bilan birgalikda Guliston mahallasidagi zamonaviy Evro standart eshiklar ishlab chiqarish korxonasi va Sho‘rtepa mahallasidagi junni qayta ishlash natijasida matras, odyal, par yostiqlar ishlab chiqarish korxonasining ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Tuman hokimi va prokurori korxona rahbarlarining muammosi, taklif hamda kelgusidagi rejalari tinglandi.
Ma’lumot uchun Guliston mahallasidagi “Garden House Products” MChJ tomonidan zamonaviy Evro standart eshiklar ishlab chiqarish tashkil etilgan bo‘lib, korxonada 15 nafar ishchi faoliyat yuritmoqda.
Sho‘rtepa mahallasidagi “Obod Konimex Chashmalari” MChJ tomonidan junni qayta ishlash natijasida matras, odyal, par yostiqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxonada 30 nafar ishchi ishlab kelmoqda.