Аҳолини рўйхатга олишнинг шахсга доир маълумотларини киритиш
Aholini ro’yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash axborot tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tizim Davlat statistika qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotnomalar ча klassifikatorlar (aholi manzili, МНОВТ, bandligi, millati, tili va boshqalar) bilan ta’minlangan. Tizimga kiritilgan tasniflagichlar ro’yxatga olish varag’i shakllaridagi ayrim savollarni avtomatlashgan tarzda kodlashtirish imkonini yaratadi. Tizimga ma’lumotlar ikki xil usulda kiritiladi:
а) respondentlar tomonidan o’zlart to’g’risidagi ma’lumotlami Internet tarmog’i orqali census.stat.uz rasmiy veb-saytiga kirgan holda himoya kodi bilan himoyalangan tarzda shaxsiy mа’lumоtlаrпi tizimga kiritish orqali;
Ь) qog’oz shaklidagi aholini ro’yxatga olish varag’i shakllariga respondentlarning shaxsiy ma’lumotlarini yozma shaklda to’ldirish orqali yig’ilgan ma’lumotlarni maxsus tayyorgarlikdan ootgan ореrаtоrlаr yordamida tizimga kiritish.
Internet tarmog’idan foydalangan holda bevosita respontdentlarning о’ zlari tomonidan ma’ lumotlar kiritilish j arayonida:
– respondent veb-sayt orqali ro’yxatdan o’tadi;
– interfeysda mavjud bo’lgan savollarga tanlash, yozish va belgilash orqali javob beradi;
– interfeysda mavjud bo’lgan ayrim savollarga javoblar tizimda yaratilgan va oldindan kiritilgan klassifikatorlarda ko’rsatilgan mos jаvоblаrni belgilash orqali amalga oshiradi;
– savollarga javob berib bo’lgandan so’ng, respondentga yuborilgan хаbаrnоmа orqali tasdiqlanadi ;
– respondent tomonidan to’ldirilgan savolnomalar tizimga yuborilgandan so’ng, ro’yxatga olingan vaqti sanasi vа raqami ko’rsatilgan mа’ lumotnoma taqdim etiladi;
– taqdim qilingan ma’lumotnoma tizimdagi ma’lumotlar bazasida saqlanadi;
– respondent tomonidan ma’lumot yuborilgandan keyin xato ча kamchiliklar aniqlangan yoki ma’lumotlarini o’zgartirish istagi paydo bo’lgan taqdirda, tizimdan tasdiqlash kodini olish vа oldin yuborilgan shakllarga dastur tomonidan ro’yxatga olinganlik to’g’risidagi raqamni kiritish orqali ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yaratiladi.
Respondentlar tomonidan yuborilgan mа’ lumotlar onlayn tarzda tizim mа’lumоtlаr bazasiga kelib tushadi va saqlanadi.
Qog’oz shaklida yig’ilgan birlamchi ma’lumotlarni ореrаtоrlаr orqali tizimga kiritish jarayonida:
– veb-interfeysga login va раrоl orqali kiriladi;
– qog’oz shakldagi ma’lumotlar kiritiladi;
– kiritish jarayonida уо’l qo’yilgan xato ча kamchiliklar mantiqiy nazoratni o’rnatish yo’li orqali savol yoki javob yozuvi rangining o’zgarishi yoki o’chib yonishi orqali ogohlantirishi nazorat qilinib boriladi;
– savolnomalardagi bаrсhа savollar respondentning yoshi va jinsidan kelib chiqib, tizimga o’rnatilgan mantiqiy nazorat orqali nazorat qilib boriladi;
– Ьаrсhа shakllardagi savollar bir-biri bilan mantiqan bog’langan bo’lib, паzоrаt tartibida ishlashi, tegishli va bir-birini to’ldiruvchi savollar javoblariga avtomatik javob berilishi moduli ishga tushadi;
– ma’lumotlarni kiritish jarayonida ba’zi ma’lumotlar avtomat ravishda integratsiya yo’li bilan to’ldiriladi;
– savollar varag’idagi ayrim savollarga javoblar bazada yaratilgan va oldindan kiritilgan klassifikatorlarda ko’rsatilgan mos javoblarni belgilash orqali amalga oshiriladi;
– tizimda ro’yxatga olingan respondentlar ro’yxatini ro’yxatga olingan kun va kunlаr oralig’ida savolnomadagi savollarni belgilash (filtrlash) yo’li bilan rо’yxatni, yig’ma umumlashtirilgan jadvallarni shakllantiradi;
– tizimga kiritilgan ma’lumotlarni belgilash (filtrlash) yo’li bilan ikki tomonlama yig’ma yoki yoyilma ko’rinishidagi vertikal va gorizontal jadval mа’lumotlarini shakllantiradi.
Ореrаtоrlаr tomonidan kiritilgan birlamchi ma’lumotlar yig’ilgan holda уаgоnа ma’lumotlar bazasiga yig’iladi.
Tuman statistika bo’limi