Tuman hokimi R.Ro‘ziyev Birlik mahalla mutasaddilari va nuroniylari bilan ochiq muloqot qildi. Mahallada olib borilgan keng ko‘lamli ishlar, erishgan yutuqlar hamda mahallalarda oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni ilmga va Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda nuroniy va keksalarni o‘rni beqiyos ekanligi tuman hokimi tarafidan aytib o‘tildi. Muloqot songida tuman hokimi R.Ro‘ziyev tomonidan mahalladagi bir guruh nuroniylar va mahalla faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.