Sentabr 24, 2022

Joriy yil 15 iyuldan 3 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 222 ta takliflar bildirildi.

Ushbu takliflar sohalarga ajratilib, tadbirlar summalariga aniqlik kiritildi va ishchi komissiya a’zolari tomonidan xulosa taqdim etildi. Konimex tumani “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonlari boshlandi.

Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida tuman byudjetidan 3.123 mln.so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan edi.

Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan 222 ta taklif ishchi komissiya tomonidan o‘rganilib, 171 ta taklif ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi.

Ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan 171 ta takliflar uchun fuqarolar tomonidan 9816 ta sms orqali ovozlar kelib tushganligi aniqlandi.

Yuqoridagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra:

????ID raqami №0730600016-sonli  Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘riq bo‘limini joriy ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustah-kamlash harajatlari uchun (jami 2732 ta ovoz)
????ID raqami №0730600002-sonli Tuman kasb-hunar maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash harajatlari uchun (jami 2425 ta ovoz)
????ID raqami №0730600072-sonli Yangiqazg‘an OFYda joylashgan Fidokor ovulida 60 o‘rinli yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish (jami 1478 ta ovoz)
????ID raqami № 0730600011-sonli Тумандаги Зафаробод МФЙ ҳудудида жойлашган туман МТБга қарашли 12-сонли “Олтиной” ДМТТни таъмир-лаш, сантехника, сан узел, моддий техника базасини янгилаш, ертўлани таъмирлаш, болалар майдончасини янги замон талабида янгилаш (jami 896 ta ovoz)

????ID raqami № 0730600003-sonli Тўққизтепа МФЙ, Ҳаётобод қишлоғида усти ёпиқ сунъий қопламали футбол майдончаси қуриш (jami 857 ta ovoz) takliflari g‘olib deb topildi.

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: