– biometrik pasport o‘rniga joriy etilayotgan identifikatsiya ID-kartalarini olish va almashtirish uchun fuqarolarga istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga, ularni almashtirish uchun esa davlat xizmatlari markazlariga ham murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
– identifikatsiya ID-kartalarini olish uchun O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga, almashtirish uchun esa istalgan ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga murojaat qilishi uchun imkoniyatni yaratiladi;
– identifikatsiya ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;
– fuqaro o‘z ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi;
- yangi tug‘ilgan bolaga identifikatsiya ID-kartalari majburiy berilmasdan, uning tug‘ilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan so‘ng ota-onasi, vasiylari (homiylari) ixtiyoriga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Shu va boshqa masalalar yuzasidan Konimex tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan targ‘ibot va tushutirish ishlari olib borilmoqda.