O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-57-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 769-sonli qarorlari va Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlari bo‘yicha idoralararo kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi 1-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi Konimex tuman ishchi guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Konimex tumani bo‘yicha 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar 1006 nafarni tashkil qiladi. Ushbu nogironligi bo‘lgan shaxslarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha tumanda nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay xatlovdan o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh va mahallabay xatlov guruhlari tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.
16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay ishlash tizimi orqali xatlovdan o‘tkazish tashkil etilib, 1100 dona savolnomalar hamda 20 dona uslubiy qo‘llanmalar chop ettirildi va xatlov guruhi a’zolariga tarqatildi.
Konimex tumanida 2022-yil 12-yanvardan 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslarni mahallabay uylariga kirib xatlovdan o‘tkazish ishlari joriy yilning 12- yanvaridan boshlangan.
Xozirgi kunga qadar jami xatlovdan o‘tgan 593 nafar 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar xatlovdan o‘tkazildi va xatlovdan o‘tkaziladigan 16 yoshdan katta nogironligi bo‘lgan shaxslar sonining 58,94% ni tashkil etmoqda.
https://t.me/konimex_tumani_axborot_xizmati