Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 27oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Navoiy viloyati, konimex tumanida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ” foydalanishga topshirildi.
Ushbu marosimda Konimex tumani hokimligi, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi va Navoiy viloyati IT Park rahbariyati ishtirok etdi.
Konimex tumanida 18920 mingdan ortiq yoshlar istiqomat qilishmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni ijrosini amalga oshirish natijasida ushbu yoshlarning 1.5 ming nafardan ortig‘ini axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va malakasini oshirish nazarda tutilgan.
Dastlabki, bir yil davomida ushbu raqamli texnologiyalar markazi 600 nafardan ortiq ronimexlik yoshlarni robototexnika, dasturiy ta’minot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun:
Viloyat miqyosida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markaz”larini tashkil etish bo‘yicha shu kunga qadar Navoiy sh, Karmana tumani, Qiziltepa tumani, Zarafshon sh, Xatirchi tumani, G‘azg‘on sh, Nurota tumani, Uchquduq tumani, Tomdi tumani jami 9 ta Markaz filiallari tashkil etilgan bo‘lib bugun ularning soni ya’na bittaga ortdi.
Konimex tumani hokimligi Axborot xizmati.