Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.
“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
ONA TILIM
Yo’qolib ketarmish shu ona tilim,
Olimlar so’ylaydi menga afsona,
Hayotga o’lim yo’q, senga yo’q o’lim,
Mening jur’atimni afu et, ona,
Sen-da abadiysan, ey ona tilim,
Senda ayon bo’lgay nafratim, qahrim.
Hech qachon hech kimsa ololmas yulib,
Haqiqatni yulib ololmas, bag’rim,
O, kunlarim ko’pdir oldinda,
Yetib kelar eng so’nggi nafas.
U payt birov ona tilimda
Boshim uzra so’zlab tursa, bas!
Ona tilim, sen ruhimning qanoti,
Abut turk nafasi, Oltoy chechagi.
Xun davridan omon qoldi G’iroting,
Qutlug’ Enasoyning ezgu ertagi.
O’rxun bo’ylarida toshga aylanding,
Ko’klarga sanchilding. Turon bo’lding Sen.
Mangulik safarga qachon shaylanding?
Qachon bu alamga – kuchga to’lding sen?
Rauf Parfi – shoir, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri