Hi, How Can We Help You?

Homepage-2

Open Data

Ochiq ma'lumotlar
To'plami

Ma’lumotlar to’plami – bu alohida elementlardan tarkib topgan, vositalar to’plami xususiyatiga ega bo’lgan, avtomatlashtirilgan tizimlarning inson aralashuvisiz bunday elementlarni identifikatsiya qilish, talqin etish va qayta ishlash imkonini beruvchi davlat organlarining tizimlashtirilgan bir ko’rinishdagi ma’lumotlaridir.

Navoiy viloyati

Konimex tumani
haqida

1925-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Konimex tumani viloyatning shimoli-gʻarbida joylashgan.
Sharqdan Navbahor, shimoli-sharqdan Nurota, gʻarbdan Tomdi, Uchquduq, janubdan Qiziltepa tumanlari, gʻarbdan Buxoro viloyatining Gʻijduvon, Peshku tumanlari bilan chegaradosh.
Maydoni 15,5 ming km2. Aholisi 36,9 ming kishi (2002).
Tumanda 1 shaharcha (Konimex), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Boymurot, Sarjal, Uchtepa, Chordara, Yangiobod(Sho’rko’l), Yangiqazgan, Karaqota) bor. Markazi Konimex shaharchasi.

680

Tadbirkorlar

35557

Aholi soni

566700

IMPORT

330800

Eksport

1254

loyihalar

Navoiy viloyati

Konimex tumani Hokimi

Ruslan Ro‘ziev

VAZIFA VA MAJBURIYATLARI

Tuman hokimi tumanda oliy mansabdor shaxs bo‘lib, ayni bir vaqtda hududda vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.O‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi.

Tumanni iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtiradi va uning bozor tamoyillariga asoslangan zamonaviy yo‘nalishlarini hayotga keng joriy etish, hamda isloxotlarni chuqurlashtirishga rahbarlik qiladi. Xalq faravonligini oshirishning zarur chora-tadbirlarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Respublika Prezidenti Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokim qarorlarining ijrosini tashkil etadi.

Qonuniylik, huquq-tartibot, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning xuquqlarini himoya qilish va salomatligini muxofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, shuningdek, boshqa favqulodda vaziyatlarda tegishli ishlarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq ijtimoiy infrastrukturasini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirish, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish, fermer xo‘jaliklari manfaatlarini himoyalash masalalarini nazoratga oladi.

Kadrlarni tanlash, tarbiyalash va joy-joyiga qo‘yish ishiga rahbarlikni amalga oshiradi. Tanlangan kadrlar masalasi bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshiradi.

Konimex tuman rasmiy veb saytida
Murojaat yoki shikoyat
arizlarini elektron tarzda yuboring !

Konimex Tuman Faollari

Imamqulov Baxtiyor Akramovich

Imamqulov Baxtiyor Akramovich

Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i
Davlatov Sherali Tashpulatovich

Davlatov Sherali Tashpulatovich

``Real Invest Grant`` MCHJ Rahbari
Xujayev Shavkat Haydarovich

Xujayev Shavkat Haydarovich

``Haydar-Avlod`` XK Rahbari
Saitov Alisher Shonazarovich

Saitov Alisher Shonazarovich

``Avaz`` Fermer Xo'jaligi Rahbari

Spelling error report

The following text will be sent to our editors: